UZ lat
2023-yil 23-oktyabrdan 23-dekabrgacha
oborotlarni yoqing va tezlashing!

QISHKI EKSTRIM aksiyasi Bronza Menejerlar uchun + Qozog'iston,
Rossiya, Qirg'iziston, O'zbekistondan

WINTER EXTREME
g'olibiga
aylaning!
Va uni bepul oling
Vyetnamga sayohat
Agar aksiya davrida sizda quyidagilar bo'lsa,
Vyetnamga BEPUL yo'llanmani qo'lga kiriting:
img
- har biri 200 balldan iborat beshta shaxsiy referal;
img
- kichik tarmoq bo'yicha
hajmning X5 barobar ko'payishi
(bunda ballarning o'sishi kamida 20 000 bo'lishi kerak).
Dastlabki 40 ishtirokchi, agar aksiya davrida ularda quyidagilar bo'lsa, ishtirokchining QO'SHIMCHA TO'LOVI bilan Vyetnamga chipta olish imkoniyatiga ega bo'ladi:

Aksiya bo'yicha qo'shimchalar:

01
Aksiya Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Rossiya sheriklari uchun amal qiladi.
02
Kompaniya komanda hajmini 22.10.2023, soat 23:59 da kichik tarmoqda belgilaydi. Yangi Bronza Menejerlar uchun kichik tarmoqdagi komanda hajmi aksiya paytida maqomga erishish sanasida belgilanadi.
03
Aksiya davomida Bronza Menejeri maqomiga erishgan Sheriklar aksiyada umumiy shartlarda ishtirok etishlari mumkin. Va komanda hajmini maqomning yopilish sanasidan boshlab 2023- yil 23-dekabrgacha oshirishlari mumkin.
04
Vyetnamga BEPUL sayohat bir kishiga taqdim etiladi. Bu belgilangan joyga va orqaga parvozni (Olmaota/Ostona/Moskva/Toshkent/Bishkek shaharlaridan), sug'urta, mehmonxonada yashash (5 kecha), mehmonxonaga ikki kishilik joylashishni o'z ichiga oladi.
05
Vyetnamga qo'shimcha to'lovli yo'llanma bir kishiga taqdim etiladi. Bu belgilangan joyga va orqaga parvozni (Olmaota/Ostona/Moskva/Toshkent/Bishkek shaharlaridan), sug'urta, mehmonxonada yashash (5 kecha), mehmonxonaga ikki kishilik joylashishni o'z ichiga oladi. Ishtirokchidan qo'shimcha to'lov miqdori — yo'llanmani ro'yxatdan o'tkazish sanasidagi mamlakat Milliy bankining kursi bo'yicha 500 AQSh dollarini tashkil etadi. "
06
QO'SHIMCHA TO'LOVLI yo'llanmalar soni — 40 ta. Aksiya shartlarini bajargan dastlabki 40 nafar ishtirokchigina yo'llanmani ro'yxatdan o'tkazish sanasidagi mamlakat Milliy bankining kursi bo'yicha 500 AQSh dollarini to'lash va yo'llanmani olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
07
Aksiya natijalari 2023-yil 26-dekabrda e'lon qilinadi. Vyetnamga sayohat 2024-yilning bahorida bo'lib o'tadi. Safarni boshqa sanaga ko'chirish yoki sayohat uchun pul kompensatsiyasini olishning iloji yo'q.
08
8. Sovrinni faqat 18 yoshdan oshgan tasdiqlangan Sherik olishi mumkin.

QISHKI EKSTRIM aksiyasi bo'yicha
SAVOL-JAVOBLAR

Kichik tarmoqda hajmni X5 baravar oshirish nimani anglatadi (bunda ballarning o'sishi kamida 20 000 bo'lishi kerak)?
Sizda ikkita: chap va o'ng tarmoq bor. Kichik tarmoq — bu komanda ballari kamroq bo'lgan tarmoqdir. Masalan, siz Bronza menejersiz va chap tarmog'ingizda 3500 ball, o'ng tarmog'ingizda esa 4000 ball bor. Sovrinni olish uchun chap tarmog'ingiz ballarini (3500) kamida besh marta oshirishingiz kerak bo'lib, bunda ballar bo'yicha minimum 20 000 ni tashkil etadi. Hisoblash: 3500 ball * 5 = 17 500 ball, lekin 20 000 lik minimum mavjud. Shunday kilib Vetnamga bepul chipta olish 23 yil 23 dekabrgacha kadar chap vetkani kamida 200 000 balga oshirishingiz kerak.
Kichik tarmoq hajmini X4 barobar oshirish nimani anglatadi (bunda ballarning o'sishi kamida 20 000 bo'lishi kerak)?
Masalan, aksiya boshida siz Oltin Menejersiz. Va kichik tarmoqda sizda 20 000 ball bor. Aksiya tugashi sanasiga ushbu tarmoq 80 000 ballgacha oshdi. Shunday qilib, sizning o'sishingiz X4 (80 000 / 20 000 = 4)ni tashkil etdi, minimum 20 000 sharti ham bajarildi, chunki sizning o'sishingiz 60 000 ball (80 000-20 000 = 60 000)ni tashkil etdi. Bunday holatda, siz 500 AQSh dollari (yo'llanma ro'yxatga olingan sanadagi mamlakat Milliy banki kursi bo'yicha) to'lab Vyetnamga borishingiz mumkin bo'ladi.
Agar aksiya boshida Sherik Menejer maqomida bo'lsa, lekin aksiya davrida u Bronza Menejer maqomiga ega bo'lsa, aksiyada ishtirok etish mumkinmi?
Shartlarga ko'ra, aksiya davomida Bronza menejer maqomiga erishgan Sheriklar aksiyada umumiy shartlarda ishtirok etishlari mumkin. Yangi bronza menejerlar uchun kichik tarmoqdagi komanda hajmi aksiya paytida maqomga erishilgan sanada belgilanadi. Masalan, siz 1-noyabrda Bronza Menejer maqomiga erishdingiz. Sizning kichik tarmoqdagi komanda hajmingiz 1-noyabr kuni belgilanadi. Va shu kundan boshlab siz kichik tarmoqning komanda hajmini 2023- yil 23-dekabrgacha (shu kunni o'z ichiga olgan holda) kamida 5 barobar (lekin kamida 20 000 ball) oshirishingiz kerak bo'ladi.
Aksiya boshida va oxirida komanda hajmi qanday belgilanadi?
Aksiya boshida kichik tarmoqning komanda hajmi 22.10.2023 sanasi, soat 23:59 ga belgilanadi. Yangi Bronza menejerlar uchun kichik tarmoqdagi komanda hajmi aksiya paytidagi maqomga erishish sanasiga belgilanadi.

Aksiya yakunida komanda hajmi 2023-yil 23-dekabrga, mamlakat vaqtiga ko'ra 23: 59 gacha (shu vaqtni ichiga olgan holda) belgilanadi.
Agar aksiya shartlarini bajarsam, o'zim bilan hamrohni olsam bo'ladimi?
Ha. Siz uning yo'llanmasining to'liq narxi — 1500 AQSh dollarini (yo'llanma ro'yxatga olingan kunda mamlakat Milliy banki kursi bo'yicha) to'lab, o'zingiz bilan birga hamrohni olishingiz mumkin.
Agar men aksiya shartlarini bajargan bo'lsam-da, lekin borolmasam. O'z yo'llanmamni uchinchi shaxsga berishim mumkinmi?
Ha, siz chiptani birinchi darajali qarindoshingizga (ota-onalar, bolalar, turmush o'rtoqlar) topshirishingiz mumkin.
Safar uchun pul kompensatsiyasini olish mumkinmi?
Vyetnamga sayohat mukofoti pul bilan qoplanishi mumkin emas.
Agar men aksiyaning X4 va X5 shartlarini bajarsam, ikkita yo'llanmam bo'ladimi?
Yo'q. Yo'llanma faqat bitta. X5 shartlarini bajarar ekansiz, siz BEPUL yo'llanmani olasiz. Agar X4 shartlarini bajarsangiz, siz 500 AQSh dollarida (yo'llanmani ro'yxatdan o'tkazish sanasidagi mamlakat Milliy bankining kursi bo'yicha) QO'SHIMCHA TO'LOV bilan yo'llanmani olasiz.
Agar men X4 shartlarini bajargan, 500 AQSh dollarida qo'shimcha to'lovni amalga oshirgan bo'lsam (yo'llanmani ro'yxatdan o'tkazish sanasidagi mamlakat Milliy bankining kursi bo'yicha), lekin shaxsiy sabablarga ko'ra yoki o'zimga bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli borolmasam, sayohat uchun to'langan pulim qaytarib beriladimi?
Agar voz kechish vaqtigacha yo'llanma to'langan bo'lsa, sayohatdan voz kechishda to'langan pul qaytarib berishning imkoniyati bo'lmaydi.